Jahon | 13:30 / 08.11.2017
9558
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Rossiya va Xitoyni KXDR bilan diplomatik aloqalarni qisqartirishga chaqirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya parlamentidagi chiqishi vaqtida Rossiya va Xitoy hukumatlarini KXDR bilan diplomatik hamda iqtisodiy aloqalar darajasini kamaytirishga chaqirdi.

«Biz har bir davlatni, shu jumladan, Rossiya va Xitoyni BMT rezolyutsiyasini to‘la bajarishga chaqiramiz. Bu davlatlarni KXDRdagi rejim bilan diplomatik aloqalar va iqtisodiy hamkorlikni kamaytirishga chaqiramiz», — degan Tramp.

Tramp Janubiy Koreyaga Osiyo bo‘ylab turnesi doirasida keldi. U dastlab Yaponiyada bo‘ldi, Janubiy Koreyadan Xitoyga yo‘l oldi.

U Janubiy Koreyaga tashrifi doirasida Shimoliy Koreya bilan chegaradagi harbiylardan xoli hududga kelishni rejalashtirgandi, ammo bu tashrif havo yomonligi tufayli bekor qilindi.

Bundan avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Putin va Tramp Vetnamda uchrashishi kutilayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid