11:20 / 08.11.2017
18501

Jyeff Bezos Yerni qutqarish uchun nima qilish kerakligini aytdi

Amazon asoschisi va rahbari hamda Blue Origin aerokoinot kompaniyasi egasi Jyeff Bezos o‘tgan dam olish kunlari koinotni o‘zlashtirishga bag‘ishlangan Los-Anjyelesdagi sammitga tashrif buyurdi va unda nutq so‘zladi. U o‘z nutqida Yerni qutqarish uchun koinotni iloji boricha tezroq o‘zlashtirish kerakligini aytgan. Uning ta'kidlashicha, koinotga parvozlar qanchalik arzonlashsa, uni shunchalik tezroq o‘zlashtirish mumkin bo‘ladi.

Ko‘rinishicha, Bezosni Quyosh tizimini zabt etish butun sayyora bo‘ylab mahsulotlar yetkazib berish bilan bog‘langan ko‘p milliardlik biznesidan ko‘proq qiziqtiradi. 

“Biz tizimimizdagi ko‘plab sayyolarga robotlashtirilgan zondlar yuborganimiz shubhasiz quvontiradi, biroq bu koinotni zabt etishning hali boshi ham emas”, deb aytgan Bezos.

Koinotni haqiqatan tadqiq qilish uchun shunday qilish kerakki, yuz minglab, millionlab odamlar koinotda yashab, ishlashlari lozim. Hozirda esa buni amalga oshirish murakkabdir. Tadbirkorning fikricha,bunda asosiy muammo koinot radiatsiyasi yoki gravitatsiyaning yo‘qligi emas, balki koinotga parvozlar narxi hisoblanadi. Bezosning aytishicha, aynan shu holat koinotni o‘zlashtirish uchun keyingi qadamni amalga oshirishni ilojsizga chiqaradi.    

Milliarder barchani koinot parvozlari narxini kamaytirish ustida ishlashga chaqirdi. Bu esa o‘z navbatida koinot sayyohlari, yuzlab startaplar, vaznsizlikda ishlab, pul topmoqchi bo‘lganlar, koinot infratuzilmasini rivojlantirmoqchi va yangi, noodatiy sharoitlarda yashashni o‘rganmoqchi bo‘lganlarning paydo bo‘lishiga imkon beradi.

Bezosning fikricha, ko‘p marotaba ishlatish mumkin bo‘lgan raketalar koinot parvozlarini arzonlashtirishdagi ilk qadam hisoblanadi va shu sababli kelajak SpaceX va Blue Origin kabi kompaniyalar qo‘lidadir.

Mavzuga oid
Top