Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qodirov Suriyada ozod qilingan o‘zbekistonlik ayollar va bolalarni olib chiqib ketishga va'da berdi
Yaqin vaqtda O‘zbekiston va Qozog‘istondan bo‘lgan 10 dan ortiq ayollar hamda bolalar, shuningdek, 30 dan ortiq rossiyalik ayollar farzandlari bilan Suriyadan Grozniyga olib boriladi. Bu haqda Chechenistonning rahbari Ramzon Qodirov Instagram’dagi sahifasida ma'lum qildi.
«Barchani xursand qilmoqchiman, mening Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlaridagi vakilim Suriya lagerlarida bo‘lib turgan 44 nafar ayol va bolalarning shaxsini aniqlay oldi. Ular ichidan to‘qqiz bola va ikki ayol – O‘zbekiston hamda Qozog‘iston fuqarolari. Qolganlar – Boshqirdiston, Oryol, Dog‘iston va boshqa mintaqalardan bo‘lgan rossiyaliklar. Jumladan, Chechenistondan o‘n nafar ayol va bolalar ham bor», - deya yozdi u.
Qodirovning ta'kidlashicha, u O‘zbekiston hamda Qozog‘istondan bo‘lgan ayollar va bolalar haqida bilganidan so‘ng, ularni olib chiqishga erishish uchun maksimal sa'y-harakatlar ko‘rish topshirig‘ini bergan.
«Agarda hozir buni qilmasa, ular yillar davomida ozodlikdan mahrum qilish joylarida bo‘lishga majbur bo‘ladilar. Eng yaqin vaqt ichida, aftidan, kelasi hafta boshida 44 kishilik ushbu guruh Grozniyga olib kelinadi», - deya ta'kidlab o‘tdi Checheniston rahbari.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026