11:25 / 09.11.2017
15191

Qoraqalpog‘iston xalq ta'limi vaziri o‘zgardi 

Foto: Kruz.uz

Amanjol Ayapov Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta'limi vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kruz.uz xabar bermoqda.

Bunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta'limi vaziri lavozimini vaqtincha bajaruvchisi sifatida Jumagul Usnatdinova ishlab turgan. 

Qayd etilishicha, Usnatdinova esa vazir o‘rinbosari lavozimida qolgan.

A.Ayapov bundan oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rta maxsus kasb ta'limi boshqarmasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Top