15:20 / 09.11.2017
14576

Ramos Neymarni «Real»ga chaqirmoqda

«Real» himoyachisi va jamoa sardorlaridan biri Serxio Ramos «Barselona»ning sobiq futbolchisi, ayni vaqtda «PSJ» safida to‘p surayotgan Neymar bilan bir jamoada to‘p surishga qarshi emas. Ayni kunlarda OAVda «Real» ushbu braziliyalik futbolchini sotib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan.

«Menga eng yaxshilar bilan birga to‘p surish yoqadi, Neymar ham dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biridir. U «Real»ga «Barselona»dan emas, «PSJ»dan kelgani ma'qul. Futbol shunaqa, har narsa bo‘lishi mumkin. Albatta, Neymar «Real»ga kelishi biz uchun foydali bo‘lgan bo‘lardi. Men Neymar bilan yaxshi munosabatlarga egaman va men uning kelishini yoqlagan bo‘lardim», — degan Serxio Cadena Ser efirida.

Ramos Neymar «Barselona»daligida singlisining tug‘ilgan kuniga borish uchun ataylab diskvalifikatsiya olgani va Ispaniya chempionati o‘yinlarini o‘tkazib yuborganini eslab hazillashdi.

«U kelishidan oldin uning singlisi tug‘ilgan kuni mavzusini muhokama qilib olamiz», — degan «Real» futbolchisi yuzida tabassum bilan.

Top