Internet-savdo sohasida işlaydigan Xitoyning Alibaba Group kompaniyasi mahsulotlarni yetkazib beriş uçun uçuvçisiz uçar qurilmalardan foydalanişni boşladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

31 oktabr kuni uçta dron Putyandan Meyjou oroliga taxminan 12 kilogramm oğirlikdagi marakuyya mevasi solingan oltita qutini keltirdi. Kuçli şamol şaroitida parvoz 9 daqiqa davom etdi.

Yetkazib berişni amalga oşirgan dronlar Alibaba holdingiga kiruvçi Cainiao logistika kompaniyasi va Rural Taobao savdo platformasi, şuningdek, Xitoyning texnologiya kompaniyalaridan biri tomonidan birgalikda işlab çiqilgan.

Uşbu dronlarning har birida 7 kg. yukni taşiş mumkin. Ulardan yangi oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlarni havo orqali yetkazib berişda foydalaniş rejalaştirmoqda, deya xabar bermoqda Xinhua agentligi.