O‘zbekiston | 18:00 / 10.11.2017
13688
3 daqiqa o‘qiladi

YeTTB O‘zbekistonda yangi farmatsevtik zavod qurilishiga 11 million AQSh dollaridan ziyod mablag‘ ajratdi

Foto: KUN.UZ

"MUTABAR MEDICAL STANDART" kompaniyasi O‘zbekistonda xalqaro standartlariga javob beradigan yangi zamonaviy farmatsevtik zavod qurilishini boshlaydi. Mazkur loyiha qurilishi uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 11 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratadi.  

9 noyabr kuni Toshkentdagi Wyndham mehmonxonasida "MUTABAR MEDICAL STANDART" farmatsevtik kompaniyasi hamda YeTTB o‘rtasida mazkur hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolandi. Yangi korxonada 50dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.  

Yangi zavodda plastik ampulalarda zamonaviy inektsion dori vositalari ishlab chiqariladi. Loyihaga ko‘ra, import o‘rnini bosuvchi 20dan ortiq dori-darmonlarni ishlab chiqarish uchun kompaniya 1 million AQSh dollarida mablag‘ ajratishni ko‘zda tutmoqda. 

"Bugun "MUTABAR MEDICAL STANDART" hamda YeTTB o‘rtasida kredit shartnomasiga qo‘l qo‘yildi. Bu mablag‘larning barchasi Germaniya, AQSh va Xitoydan zamonaviy asbob-uskunalarni olib kelishga sarflanadi. Yangi zavodda ishlab chiqariladigan dori vositalari xorijdan keltiriladigan preparatlarning o‘rni bosish bilan birga, narxi arzonroq, sifatliroq hamda ishonchli bo‘ladi. Kredit shartnomasi 7 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, yiliga 230 million dona ampula ishlab chiqariladi", deya qayd etdi "MUTABAR MEDICAL STANDART" MChJ direktori Davron Abdullayev. 

Davron Abdullayev,
"Mutabar Medical Standart" direktori

Mazkur texnologiya har tomonlama afzal bo‘lib, plastik ampulalar tibbiyot xodimlari uchun xavfsiz va qulay vosita sanaladi. Sababi, odatda, shishali ampulalarni ochish vaqtida ko‘pchilik qo‘lini kesib olishi mumkin. Shuningdek, dori ichiga ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda shisha zarralari tushishi mumkin. Plastik ampulalar esa bu xavflarni oldini olishga yordam beradi. 

Mazkur mahsulot eksport salohiyatini ham oshirishga xizmat qiladi. Shishali ampulalarga nisbatan plastik o‘ramdagi dori vositalarining og‘irligi kamroq bo‘lib, transportda tashish vaqtida sinib qolmaydi.

Mavzuga oid