07:39 / 10.11.2017
7400

Ispaniya sudi Kataloniya parlamenti spikerini hibsga oldi

Karme Forkadel. Foto: Manu Fernandez / AP

Ispaniya oliy sudi sudyasi Kataloniya mustaqilligining e'lon qilinishi tergovi vaqtiga muxtoriyat parlamentining spikeri Karme Forkadelni 150 ming yevroga ozod qilish huquqi bilan vaqtinchalik hibsga olishga qaror qildi.    

Kataloniya parlamenti prezidiumining qolgan sobiq a'zolari – Luis Korominas, Luis Gino, Anna Simo, Ramona Barrufet hafta ichida 25 ming yevro garov puli to‘lab, hozircha ozodlikda qolishlari mumkinligi belgilab qo‘yildi.

Agar Forkadel va qolganlar garov pulini to‘lay olsalar, unda ozodlikda qolishlari mumkin bo‘ladi. Ular har hafta sudga kelishlari kerak bo‘ladi, Ispaniya hududini tark eta olmaydilar, ularning pasportlari olib qo‘yiladi.

9 noyabrda Ispaniya sudida bo‘lib o‘tgan jarayonda Forkadel Ispaniya hukumati tomondan konstitutsiyaning 155-moddasi qo‘llanishini tan olishini aytgan. Luis Korominas va Luis Gino ham xuddi shundan bayonot berishgan. Ular Kataloniya mustaqilligi e'lon qilinishi “ramziy ma'noda” bo‘lganini aytishgan.

Mavzu
Kataloniyada mustaqillik referendumi

Ispaniyaning shimoliy-sharqiy hududida, Kataloniya avtonomiyasida, istiqomat qiluvchi aholi 1 oktabr katalonlarning mustaqillik masalasini hal etish uchun ko‘chaga chiqdi. Rasmiy Madrid ushbu harakatni yo‘qqa chiqarish maqsadida mahalliy politsiya kuchidan foydalanmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top