O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining buyrug‘i bilan oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sohalari bloklari va shakllari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari tasdiqlandi.

Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sohalari bloklari va shakllari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2014 yil 27 avgustdagi 7-son “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sohalari bloklari va shakllari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (2014 yil 29 avgust) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sohalari bloklari va shakllari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari

Mazkur Normativlar oliy ta'lim muassasalarida ta'limning ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) shakli hamda ishlab chiqarishdan ajralmagan (kechki) shakli bo‘yicha ta'lim sohalari bloklari va shakllari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar sonining nisbatini belgilaydi.

Ushbu Normativlar professor-o‘qituvchilar tarkibi alohida qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan oliy ta'lim muassasalari va oliy harbiy ta'lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qonun hujjatlari bilan joriy etilgan oliy ta'lim muassasalarining maxsus sirtqi va sirtqi bo‘linmalarida bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlari - 20,0 nisbatda belgilanadi.

Ta'lim sohalari bloklari va shakllari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari ayrim oliy ta'lim muassasalarida quyidagicha belgilanadi:

Tibbiyot oliy ta'lim muassasalarining Sog‘liqni saqlash ta'lim sohasi uchun 2017/2018 o‘quv yilining ikkinchi semestrigacha - 6,8 nisbatda va 2017/2018 o‘quv yilining ikkinchi semestridan boshlab 6,0 nisbatda;