10 noyabr kuni Samarqanddagi «Forumlar majmuasida «Özbekiston, Qozoğiston va Turkmaniston Respublikalari örtasida uç davlatning davlat çegaralari tutaşgan nuqtasi töğrisidagi şartnoma» imzolandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Taşqi işlar vazirlari Abdulaziz Komilov, Qayrat Abdraxmanov va Raşid Meredov tomonidan uç davlatning davlat çegaralari tutaşgan nuqtasi joylaşgan örnini aniqlaş va uning hududida davlat çegaralarini delimitatsiya qiliş maqsadida uç tomonlama hujjat imzolandi. Uşbu şartnoma ratifikatsiya yorliqlari almaşilgan kundan boşlab kuçga kiradi.
Mazkur hujjatlar mamlakatlar örtasidagi özaro anglaşuv va işonçni, yaxşi qöşniçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi ta'kidlandi.



Özbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Respublikasi örtasida strategik şeriklik töğrisidagi şartnomalarning ratifikatsiya yorliqlari almaşiş töğrisida bayonnoma imzolandi. Mazkur bayonnoma qayd etilgan şartnoma kuçga kirganiga guvohlik beradi.













