Moskva shahrida JCh-2018 rasmiy to‘pining taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Telstar 18 deb nomlangan to‘p Adidas kompaniyasi tomonidan taqdim qilindi.

«Deyarli 50 yil o‘tgach, Telstar 18 yangi dizaynga ega bo‘ldi va qayta ishlangan xomashyo - masalan, eski o‘rash materiallaridan foydalangan holda, yuqori texnologiyali elementlardan tayyorlandi.

Unda smartfon orqali to‘p bilan bog‘lanadigan NFC chipi ham bor. To‘p smartfonga ulanganida, mahsulotga tavsif beruvchi saytga o‘tish va JCh-2018 arafasida, muxlislar uchun tashkil qilinadigan turli tadbirlar haqida ma'lumot olish mumkin bo‘ladi», – deyiladi FIFA rasmiy saytida.