09:23 / 11.11.2017
18810

Abe Tramp bilan golf o‘yini vaqtida “umbaloq oshdi”

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe AQSh prezidenti Donald Tramp bilan golf o‘yini vaqtida muvozanatini saqlay olmay, qumli chuqurlikka yiqilib ketdi. Ushbu holat videosi ABC News telekanali tomondan namoyish qilindi.

Videoda Abe qumli chuqurlikdan turib to‘pchaga zarba bergandan keyin, undan chiqmoqchi bo‘lganda yiqilib ketganini ko‘rish mumkin. U chuqurdan chiqib bo‘lganda, muvozanatini saqlay olmay, orqasiga umbaloq oshgan. Tan berish kerakki, Abe tezda o‘zini o‘nglab olib, ikkinchi urinishda chuqurdan chiqa olgan. 

Telekanalning ta'kidlashicha, Tramp bu holatni e'tiborsiz qoldirgan.  

Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi golf o‘yini Trampning Yaponiyaga tashrifi vaqtida o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan, biroq yuqoridagi video endigina e'lon qilindi. 

Mavzuga oid
Top