00:27 / 11.11.2017
13485

Dubay politsiyasi yo‘lovchi samolyotini tortish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Foto: twitter.com/ @DubaiPoliceHQ

Dubay politsiyasi sog‘lom turmush tarzi festivalida A380 aerobusini 100 metrga tortib rekord o‘rnatdi. Bu haqda The National nashri xabar bermoqda. 

Dubay politsiyasi avval Hongkongda 100 kishi o‘z ortidan 218 tonnalik samolyotni tortgancha 100 metr bosib o‘tgan rekordni yangiladi. Yangi rekord o‘rnatilishi videosi va suratlari internetda paydo bo‘ldi.

Foto: twitter.com/ @DubaiPoliceHQ

Ma'lumotlarga ko‘ra, A380’ning vazni 280 tonna keladi.

Foto : Dubai Police - Official Page v Facebook

Ayni kunlarda Dubayda Dubai Fitness Challenge sog‘lom turmush tarzi festivali bo‘lib o‘tmoqda. Uning doirasida turli sport tadbirlari va musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Foto: twitter.com/ @DubaiPoliceHQ

 

Mavzuga oid
Top