14:42 / 11.11.2017
10522

IShIDning Iroqdagi so‘nggi tayanch nuqtasiga hujum boshlandi

Foto: AFP

Iroq armiyasi qo‘mondonligi IShID terrorchilik guruhining mamlakatdagi eng so‘nggi tayanch nuqtasiga hujum boshlangani haqida xabar berdi, deb ma'lum qilmoqda RIA «Novosti».

«Harbiy bo‘linmalar... hamda aholi orasidan bo‘lgan ko‘ngillilar Rumana tumani va Rava shahrini ozod qilish bo‘yicha keng ko‘lamli amaliyotni boshlashdi», - deya ma'lum qildi amaliyotga rahbarlik qilayotgan Abdul-Amir Yarallo.

Avvalroq IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy Suriyaning Abu-Kamol shahridagi tumanlardan biriga yashiringan bo‘lishi mumkin ekani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top