17:05 / 11.11.2017
8421

Qoraqalpog‘istonda qo‘y o‘g‘rilari qo‘lga tushdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan qo‘y o‘g‘rilari qo‘lga olindi.

Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

2017 yil 10 oktabr kuni Taxtako‘pir tumani Marjankol ovulda yashovchi  1992 yilda tug‘ilgan J.P.ning qo‘rasidan 8 bosh qo‘ylarini noma'lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketganligi yuzasidan ariza bilan murojaat etgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Marjankol ovulda yashovchilar 1984 yilda tug‘ilgan K.Ye. va 1984 yilda tug‘ilgan J.S.lar tomonidan sodir qilinganligi aniqlanib, ushlandi. 

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar K.Ye. va J.S.larga nisbatan Taxtako‘pir tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Top