20:06 / 11.11.2017
43068

Qo‘shrabot va Kattaqo‘rg‘on tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Foto: KUN.UZ

Bugun Xalq deputatlari Qo‘shrabot tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayev ishtirok etgan.

Sessiyada viloyat hokimining tavsiyasiga ko‘ra Himmat Qo‘chqorovich Oqbo‘tayev Qo‘shrabot tumanining hokimi etib tayinlangan. Eslatib o‘tamiz, H.Oqbo‘tayev Samarqand viloyat hokimi lavozimida T.Jo‘rayev tayinlangunga qadar ishlab kelayotgan edi.

KUN.UZ ma'lumotiga ko‘ra Qo‘shrabot tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan A'zamxon Usmonovich Bahromov Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasiga tayinlanishi mumkin. Ayni paytda ushbu tumanda ham navbatdan tashqari sessiyaga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Bungacha Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasida Xudoyberdi Surxonovich A'zamov ishlab kelayotgan edi.

Top