OPeK va Rossiya jahonning kartelga a'zo va a'zo bo‘lmagan yetakchi neft ishlab chiqaruvchilariga murojaat qilib, 2018 yil oxirigacha neft qazib olishni cheklash bo‘yicha kelishuvni 2018 yil oxirigacha qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqda. OPeK bu borada konsensusga erishilganini noyabr oyi oxirida bo‘lajak navbatdagi majlisida e'lon qilishi kutilmoqda. Quyida kelishuv taqdiriga hal qiluvchi ta'sir ko‘rsata oladigan davlatlar qaysilar ekani yana bir bor yodga olinadi.
10. Norvegiya

Avgust oyida Norvegiya bir sutkada 1,57 mln barrel neft qazib olgan. Iyulda bu raqam 1,62 mln barrelni tashkil etgan. Bu haqda Neft statistikasi bo‘yicha qo‘shma tashabbus (JODI, Joint Organization Data Initiative) ma'lumotida so‘z yuritilgan.
9. Angola

OPeK a'zosi bo‘lgan Angola Afrikaning neft qazib oluvchi ikkinchi yirik mamlakati hisoblanadi. U avgustda bir kecha-kunduzda 1,68 mln barrel qora oltin qazib olgan. Mamlakat uchinchi oydirki bu miqdorni oshirib bormoqda.
8. Meksika

Meksika avgustda kuniga 1,94 mln barrel neft qazib olgan. Bu mamlakat uchinchi oydirki ishlab chiqarish sur'atlarini pasaytirmoqda.
7. Nigeriya

JODI hisob-kitoblariga ko‘ra, Afrikaning yirik neft qazib oluvchi davlati avgust oyida kuniga 1,99 mln barrelga yaqin neft qazib olgan. U avgust ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan raqamda barqarorlashsa, kelishuvga qo‘shilishini bildirdi. Avvalroq OPeK Nigeriya va Liviyaga ichki nizolar tufayli neft qazib olishni kamaytirmaslik imkoniyatini taqdim etgan edi.





















