15:50 / 11.11.2017
7115

“Nurafshon” ko‘chasidan uy olishda yordam berish bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi

2017 yilning may oyida, muqaddam sudlangan F.T. o‘zganing mulkini aldov va ishonchini suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Uchtepa tumani hududida, fuqaro R.Sh.ning ishonchiga kirib, unga “Nurafshon” ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan xonadon olishda yordam berishini va'da qilib, buning uchun birlamchi badal pullarini to‘lash lozimligini tushuntirgan holda aldov yo‘li bilan undan 3.500 AQSh dollari miqdoridagi pullarini qo‘lga kiritib, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan, Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya'ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Olib borilgan dastlabki tergov davrida F.T. yana bir nechta fuqarolarga nisbatan ham huddi shunday jinoyatlarni sodir etganligi, ya'ni u, fuqarolar S.S., N.D., X.K. va D.N.ning ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan ulardan jami 5.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritganligi aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Mavzuga oid
Top