23:03 / 11.11.2017
17640

"TV sentr" kanali rahbarlaridan biri o‘lik holda topildi

Foto: RIA Novosti / Ruslan Krivobok

Rossiyalik taniqli teleboshlovchi Boris Notkin o‘lik holda topildi. Bu haqda huquq-tartibot idoralaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar bergan

Rossiya tergov qo‘mitasining Moskva viloyati bo‘yicha rasmiy vakili Yevgeniya Kiryushinaning aytishicha, “soat 19:00larda Odintsovo tumanidagi xususiy uyda o‘qotar jarohatiga ega erkak topilgani haqidagi xabar olingan”. Uning aytishicha, bu hodisaning asosiy versiyasi sifatida 1942 yilda tug‘ilgan erkakning o‘z joniga qasd qilgani ko‘rilmoqda. Voqea joyida tergov-tezkor guruhi ish olib bormoqda. Ushbu erkak Notkin bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Huquq-tartibot idoralaridagi yana bir manbaning ma'lum qilishicha, teleboshlovchi og‘ir shakldagi saraton kasalligidan aziyat chekib kelgan. Uning aytishicha, voqea joyida o‘lim oldi xati topilgan.

Boris Notkin “TV Tsentr” telekanalining rahbarlaridan biri, Rossiya televideniyesi Akademiyasi a'zosi bo‘lgan. 2015 yilgacha “TV Tsentr”da efirga chiqqan “Boris Notkin taklif qiladi” ko‘rsatuvining rahbari va boshlovchisi bo‘lgan. Notkinning nomzodi 1995 va 1996 yillarda “TEFI” televizion mukofotiga qo‘yilgan.

Mavzuga oid
Top