OAV: Trampning sobiq maslahatchisiga Gulenning ekstraditsiyasi uchun 15 mln dollar taklif qilingan

Foto: GETTY IMAGES
The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Turkiya AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinn va uning o‘g‘li Kichik Maykl Flinnga turk muxolifatchisi Fathulla Gulenning ekstraditsiya qilinishidagi yordam uchun 15 mln dollar taklif qilgan.
Nashrning manbalari ma'lumotlariga ko‘ra, Flinn va Anqara vakillari 2016 yil dekabrda Manxettendagi “21” nomli restoranda uchrashishgan. Bu uchrashuv vaqtida Gulenning Turkiyaga topshirilishi masalasi muhokama qilingan. Flinn bu vaqtda hali Oq uyda ishlamagan.
FQB ushbu uchrashuv bo‘yicha 4 kishini so‘roq qilgan. Manbalardan birining ma'lum qilishicha, tomonlar Gulenning shaxsiy samolyotda Imrali oroliga kuch bilan yetkazilishi imkoniyatini muhokama qilishgan. Biroq nashrga bu ma'lumotni bergan manbalar ushbu uchrashuvda shaxsan ishtirok etishmagan va bu haqda Flinn yoki uning yordamchilaridan biror ma'lumotga ega bo‘lishmagan.
Nashrning ma'lum qilishicha, ayni vaqtda FQB ushbu ishning tergovini Rossiyaning AQShdagi saylovlarga ehtimoliy aralashuvini tergov qilayotgan maxsus prokuror Robert Myullerga topshirgan. Shuningdek, Flinn biror pul olgani-olmaganining isboti yo‘q.
Yana bir manbaning ma'lum qilishicha, Flinn Trampning maslahatchisi bo‘lib ishlagan kezlarda o‘zining Oq uydagi mavqeidan foydalanib, Gulenning Turkiyaga qonuniy asoslarda topshirilishiga erishmoqchi bo‘lgan.
Flinn va uning o‘g‘lining advokatlari nashrga izoh berishdan bosh tortishgan.
Nashrning eslatishicha, Flinn Trampning ma'muriyatida ishlashidan oldin Turkiyaning AQShdagi manfaatlarini qo‘llab-quvvatlab kelgan.
Gulen Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning siyosiy raqibi hisoblanadi va oxirgi yillarda AQShda yashab keladi. Turkiya hukumati Gulenni o‘tgan yil Turkiyada amalga oshirilgan davlat to‘ntaruviga urinish tashkilotchisi deb hisoblaydi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yana o‘zbekistonliklar ajratildi: BAA aeroportida 100 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari ushlab turildi
O‘zbekiston | 14:57
-
O‘zbekiston va Malayziya sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma dasturlar tashkil etadi
O‘zbekiston | 14:40
-
G‘azoliklarni o‘qqa tutgan Isroil, Ukrainaning «Pautina» operatsiyasi va Parijdagi tartibsizliklar – kun dayjesti
Jahon | 14:30
-
Lavrov va Rubio Istanbuldagi bo‘lajak muzokaralarni muhokama qildi
Jahon | 14:28
Mavzuga oid

11:24
Turkiya va Pokiston razvedka xizmatlari IShID yetakchilaridan birini qo‘lga oldi

18:39 / 31.05.2025
Istanbul meriyasining 30 nafardan ortiq xodimi hibsga olindi

22:21 / 30.05.2025
Turkiyada fohishalikka majburlab kelingan 3 nafar o‘zbekistonlik ayol deportatsiya qilindi

23:17 / 29.05.2025