13:27 / 11.11.2017
5833

Tencent elektrokarlar ishlab chiqishga 1 mlrd dollar sarmoya kiritdi

Foto: East News

Xitoyning yirik internet provayderi Tencent kompaniyasi Xitoyning Nio startapining asosiy sarmoyadoriga aylandi. U elektromobillar ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Shanxayning Nio startapiga 2014 yili tadbirkor Uilyam Li asos solgan. U dastavval NextEV deb atalgan va yirik investorlar, xususan Hillhouse Capital Group va Sequoia Capital e'tiborini tortgan edi. 

Bahorda 2018 yilga kelib o‘zining ilk elektromobilini seriyali ishlab chiqishini e'lon qilgan edi. 

7 o‘rindiqli Nio ES8 SUV elektromobili dekabr oyi o‘rtalariga tayyor bo‘ladi va Lining ishontirishicha, Tesla Model X elektrokariga nisbatan ko‘proq funksiyalarga ega bo‘ladi. Shu bilan birga u arzon bo‘ladi. Lining fikricha, Tesla startapning asosiy raqobatchi kompaniyasidir. Startap 2020 yili Amerika bozoriga to‘liq muqobil boshqariluvchi avtomobillarni yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Nio firmasiga bu borada Chongqing Changan Automobile avtokompaniyasi tadqiqot va marketing masalasida yordam beradi.

Tencent kompaniyasidan tashqari, investorlar safidan Amerikaning Lone Pine Capital xej fondi, Xitoyning CITIC Capital investitsiya firmasi va shotlandiyalik fond menejyeri Beyli Gifford ham o‘rin olgan. Biroq Nio vakillari hozircha bu holatga izoh berishmayapti, deb yozadi Reuters.

Shu yilning may oyida dunyoning eng tez elektromobili Nio EP9 o‘z rekordini yangiladi. U 20,8 kmga teng yo‘lni 6 daqiqa 45 soniya 9 lahzada bosib o‘tgandi. Elektrokar 7,1 soniyada soatiga 200 km tezlikka erishadi. Uning eng yuqori tezliigi 313 km/s ni tashkil etadi.

Top