02:57 / 11.11.2017
15310

JCh-2018. Shvetsiya Italiyani kichik hisobda mag‘lub qildi

Foto: Getty Images

Shvetsiya terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionati saralashi pley-offidagi ilk o‘yinda Italiya ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Uchrashuvdagi yagona gol 61-daqiqada Yakob Yuxansson tomonidan kiritildi. 

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 13 noyabr kuni Milanda o‘tkaziladi. 

Shvetsiya – Italiya 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 61 Yuxansson.
Shvetsiya – Olsen, Lindelef, Augustinsson, Kraft (Svensson, 83), Grankvist, Klasson, Larsson, Ekdal (Yuxansson, 57), Forsberg, Toyvonen, Berg (Telin, 75).
Italiya – Buffon, Bonuchchi, Kellini, Darmian, Bardzali, Parolo, Kandreva, Verratti (Insine, 76), de Rossi, Belotti (Eder, 65), Immobile.
Ogohlantirishlar: Berg (1), Verratti (28).

Mavzuga oid
Top