Light | 19:00 / 12.11.2017
44935
4 daqiqa o‘qiladi

Barcha davrlarning eng sirli 5 kema halokati

Hatto bizning har sohadan boxabar asrimiz ham dengizchilarni ochiq ummonda kutib turgan xavflarni bartaraf qila olmaydi. Insoniyat o‘z sayyorasining poyonsiz tubi sirlaridan ko‘ra Mars sahrolari qurilmalarini ko‘proq biladi - doimiy kema halokatlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Don'tPanic tadqiqotchilar yechimini topa olmagan kemalarning sirli ravishda yo‘q bo‘lishiga doir ma'lumotlari bilan bo‘lishdi.

Porpoise

Foto: dnpmag.com

1832 yilda qurilgan bu kema ikki matchdan birida turli yelkan jihozlariga ega bo‘lgani uchun "brig-xameleon" nomini olgan. Kema 1838 yilda tadqiqot ekspeditsiyasiga yo‘l olgan va hatto Antarktidagacha yetishga muvaffaq bo‘lgan. Keyin Porpoise Xitoy tomon harakatlangan va u yerda Honkongdan atigi ikki kunlik masofada dom-daraksiz yo‘qolgan.

Wasp

Foto: dnpmag.com

Britaniyaning Wasp kaperi 13 operatsiyada ishtirok etgan va 1814 yilga borib Tojning barcha dushmanlari uchun haqiqiy qo‘rqituvchiga aylangan. 1814 yilning 22 sentabrida u savdo kemasiga hujum qildi, holbuki berilgan buyruqqa ko‘ra, u yo‘lda uchragan barcha kemalarni cho‘ktirishi kerak bo‘lgan. Atigi bir kundan keyin Wasp barchaga ma'lum savdo yo‘nalishining o‘rtasida sirli ravishda yo‘qolgan.

SS Baychimo

Foto: dnpmag.com

Ulkan yuk kemasidan Kanadaning shimoliy qismidan mo‘yna tashishda foydalanilgan. 1931 yilgi qish haddan tashqari erta boshlangan va bunga tayyor bo‘lmagan kema muzliklarda qotib qolgan. Ekipajning aksariyat qismini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan, jamoaning yana 20 a'zosi esa ob-havo o‘zgarishini kutib, bortda qolishga qaror qilgan. Shundan keyin bu odamlarni hech kim ko‘rmagan, kemaning o‘zi esa Arktika suvlarida dengizchilarni qo‘rqitib, bir necha marta arvoh-sharpa sifatida namoyon bo‘lgani aytiladi.

Varata

Foto: dnpmag.com

1909 yilda "Varata" yo‘lovchi kemasi Durbandan Keyptaunga odatiy reysni amalga oshirayotgan bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra ("Gestar" harbiy kemasi parallel ravishda harakatlangan), tunda kemada g‘alati yorug‘lik chaqnashlari kuzatilgan, shundan so‘ng kema butkul yo‘qolgan. Butun bir asr davomida "Varata"ni izlash ishlari bir necha bor qayta tiklangan, so‘nggi natijasiz qidiruv 2004 yilda amalga oshirilgan.

USS Tsiklop

Foto: dnpmag.com

"Tsiklop" po‘lat giganti 1918 yilda Braziliyadan Baltimor tomon harakatlanayotib g‘oyib bo‘lgan. Kema o‘z bortida qurol-yarog‘lar uchun muhim mahsulot hisoblangan marganetsning katta zaxirasini tashib ketayotgan bo‘lgan. Shunisi qiziqki, AQSh harbiy-dengiz floti urush uchun zarur bo‘lgan yukni tashiyotgan, yo‘qolgan kemani izlashga harakat ham qilmagan: oxir-oqibat komandirlardan biri qandaydir "zarur qurbonlik" haqida sirli gap-so‘zlar tarqalganini ta'kidlagan.

Mavzuga oid