15:00 / 12.11.2017
5114

Iroqda harbiy vertolyot qulashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Foto: ©REUTERS/Thaier al-Sudani

Iroq sharqidagi Vasit viloyati hududida harbiy vertolyot qulab tushdi. Iraqi News xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan.

Mi-17 vertolyoti o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida halokatga uchragan.

"Ekipaj tarkibidagi 7 kishining barchasi halok bo‘lishgan", — deyilgan xabarda.

Halokat sabablari ma'lum emas.

Top