Qirğiziston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Erlan Abdildayev özbek-qirğiz çegara hududlaridagi holatga baho berib, «çegaradagi vaziyatni tartibga keltiriş murakkab vazifa hamda ikki mamlakat örtasida tuzilgan Işçi guruh bu haqda» qayğurayotganini aytib ötdi. Şuningdek, vazir davlatlararo çegara nuqtalarini aniqlaş va demilitatsiya etiş jadal sur'atda davom etayotganini bildirdi.

«Oçiği, umumiy çegaradagi vaziyat avvalgidan ança yaxşi holatga keldi. Andijon viloyatiga tutaş Öş şahrida yaşovçi qardoş xalqlar qayta faollaştirilgan çegara nazorat punktidan foydalanmoqda. Farğona tumani Vodil QFYda joylaşgan çegara nazorat punktidagi vaziyat şarqdagidan sal farq qilmoqda. Albatta, aholi gavjum va ikki davlatda istiqomat qiluvçi qarindoşlar bir-birining yaxşi kunlarida diydor körişişni istaydi», deydi vazir.

Erlan Abdildayevning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, özbek-qirğiz çegara nuqtalari tutaşgan hududlarni töliq demilitatsiya qilingaç, çegara nazorat punktlarining soni köpaytirilişi, çegaraçi xodimlar kvotasi oşirilişi mumkin.

Ayni paytda Farğona viloyati, Farğona tumani markazi hisoblanmiş Vodilda 85 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Hudud janub va janub-şarqdan tomondan Qirğiziston Respublikasi bilan çegaradoş bölib, u orqali Şohimardonsoy hududiga ötiladi. Ta'kidlaş joizki, Şohimardonsoy yilning iliq kunlari vodiy böylab aholi eng gavjum sayyohlik markaziga aylanadi.