09:50 / 12.11.2017
10591

O‘rtoqlik uchrashuvlari. Ispaniya Kosta-Rikaga 5ta gol urdi va boshqa natijalar

Foto: AFP

Xalqaro tanaffusdan foydalanib, rasmiy uchrashuvlari bo‘lmagan bir qator terma jamoalar o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishmoqda.

Ispaniya terma jamoasi Kosta-Rika bilan uchrashib, raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Uchrashuvda dublga erishgan «Manchester Siti» yarimhimoyachisi David Silva terma jamoa safidagi gollari sonini 35taga yetkazib oldi va bu borada Ispaniya terma jamoasi tarixidagi to‘rtinchi to‘purarga aylandi.

Qatar terma jamoasi esa Chexiyani qabul qilib, kichik hisobda imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Makedoniya o‘z uyida Norvegiyadan ustun keldi.

O‘rtoqlik uchrashuvlari

Ispaniya – Kosta-Rika 5:0 (2:0)
Gollar: 
Alba (6), Morata (23), Silva (51, 55), Inesta (73).
Ispaniya: Arrisabalaga, Odriosola, Ramos (Nacho, 46), Pike (Bartra, 46), Alba, Buskets (Saul, 46), Isko (Asensio, 65), Alkantara, Inesta (Luis Alberto, 74), Silva, Morata (Aspas, 46).
Kosta-Rika: Karvaxal, Uoston (Guterres, 63), Ovedo (Matarrita, 66), Duarte (Gonsales, 56), Gamboa, Venegas (Rodriges, 75), Bolanos (Uolles, 60), Borxes, Texeda, Kalvo, Urenya (Ortis, 56).
Ogohlantirishlar: Uoston (62), Alkantara (67).

Katar – Chexiya 0:1 (0:1)
Gol:
 Barak (15).
Qatar: Al-Hahri, Budiaf, Musa, Ali, Ar-Ravi, Salim (Hassan, 67), Umar, Afif, Ali, Muhammad (Muntari, 76), Holid.
Chexiya: Pavlenka, Borjil, Kalas, Tsoufal, Simich, Gushbauer (Yankto, 62), Barak (Souchek, 74), Gouska (Gruby, 46), Sikora (Kopits, 46), Kliment (Shural, 46), Falta (Fridek, 62).
Ogohlantirishlar: Omer (34), Barak (63), Afif (90).

Makedoniya – Norvegiya 2:0 (1:0)
Gollar: 
Pandev (43), Markoski (90). 
Makedoniya: Dimitriyevski, Zaykov, Ristevski, Ristovski, Velkoski, Spirovski, Bardi (Nikolov, 76), Alioski (Markoski, 89), Traykovski (Xasani, 58), Pandev (Trichkovski, 69), Radeski (Toshevski, 84).
Norvegiya: Gryutebust, Svensson, Valsvik, Meling, Linnes (Deli, 46), Xenriksen, Nordtveyt, Selnes (Elyunussi, 75), Edegor (Torsbi, 69), Serlot (Kirkevold, 46), Kamara (Tronnsen, 79).
Ogohlantirishlar: Kamara (37), Meling (60), Edegor (64), Alioski (67), Torsbi (87), Tronnsen (88).

Top