Video: Ota 4 yoshli qizchasini yolvorishlariga qaramasdan kaltakladi. Endi u jazolanadi

Foto: KUN.UZ
«O‘zbekiston» telekanalida «Uchburchak» ko‘rsatuvining navbatdagi sonida olib chiqilgan mavzu auditoriyaga yig‘ilganlarni yig‘latdi.
Muhokamaga yolg‘iz otaning o‘z qiziga munosabati aks etgan video qo‘yilgan. Videoda turmush o‘rtog‘i chet elda bo‘lgan er o‘z farzandini bir necha daqiqa davomida xo‘rlaydi.
U qizchani tinimsiz urish davomida qattiq haqoratlaydi va uyidan haydaydi. Uning so‘zlaridan bilish mumkinki, oilada boshqa farzand ham bor.
«Menga kerakmassan. Onang Turkiyada yuribdi. Endi itning kunini solaman senlarga», deya dag‘dag‘a qiladi u.
4 yoshli qizcha esa iltijo qilib, o‘zini urmaslikni so‘raydi, lekin u yanada qattiqroq va ko‘proq kaltaklanadi.
Ko‘rsatuvda ishtirok etgan IIV xodimi bu hodisa jinoyat ekanini, bu shaxs jazolanmasdan qolmasligini qayd etadi.

Hozirda ushbu voqea qachon va qayerda sodir bo‘lgani, ushbu shaxs qo‘lga olingan yoki qo‘lga olinmagani ma'lum emas.
Huquqshunos izoh berishicha, bu holatga birinchi navbatda Oila Kodeksining 79-moddasi bo‘yicha qaraladi. Bu moddaga ko‘ra, ota-onalik huquqini suiiste'mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta'sir ko‘rsatsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilish nazarda tutiladi.
Shuningdek, bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 4 moddasini ko‘rib chiqish mumkin: 104, 105, 109 va 110-moddalar.
104-modda. Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish
Bu yerda jabrlanuvchiga qay darajada jarohat yetkazilganiga ko‘ra jazo belgilanadi. Og‘ir tan jarohati yetkazilgan hollarda uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazo qo‘llanadi.
105-modda. Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish
O‘rtacha tan jarohat yetkazilgan holatda uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
109-modda. Qasddan badanga yengil shikast yetkazish
Qizchada bosh chayqalishi yoki shunga o‘xshash yengil jarohatlar aniqlansa quyidagicha jazo beriladi: eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari.
110-modda. Qiynash
Qizcha kaltaklangan, ammo u jarohatlanmagan bo‘lsa ham jazo belgilanadi. Bu holatda 110-moddaning ikkinchi qismi, a-bandini (voyaga yetmagan shaxsga nisbatan) qo‘llash mumkin. Bunday harakat uchun, jinoyatchi eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

09:16 / 20.03.2025