07:33 / 13.11.2017
6204

100 yoshini qarshilagan yolg‘iz momo notanish odamlardan 600 dan ko‘proq tabrik oldi

Foto: imgur.com

Turmushga chiqmagan va farzandlari bo‘lmagan, Buyuk Britaniyada yashovchi  Lizzi Piken 100 yoshini odatdagidek yolg‘izlikda qarshilashni rejalashtirayotgan edi. Biroq Lizzi yashaydigan Plimutdagi qariyalar uyi xodimlari bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘yishmadi. Ular ijtimoiy tarmoqlar orqali Lizziga tabrik otkritkasi yuborish iltimosi bilan murojaat qilishdi, deb xabar bermoqda Metro nashri.

Momoning yubileyiga 100 ta otkritka olish kutilayotgan edi, biroq uch hafta ichida momo nomiga 638 ta tabrik sovg‘alar bilan yuborilgan. Sovg‘alar va otkritkalar soni Lizzining tug‘ilgan kunigacha sir saqlandi.

“Biz Lizzi bilan uning tug‘ilgan kuni haqida gaplashganimizda u juda hayajonda edi. Shu sababli biz unga ijtimoiy tarmoqlarda e'lon joylashtirishni taklif qildik. Shu bilan birga u qutlug‘ yoshiga teng miqdorda otkritkalar olsa juda quvonarli bo‘ladi, deb o‘yladik”, deb eslamoqda qariyalar uyi xodimi Jyeki Tope.

Lizzining 103 yoshli opasi bor, u Shotlandiyada yashaydi. Momoning aytishicha, u butun umrini ishiga bag‘ishlab, shaxsiy hayotiga vaqt orttira olmagan. Lizzi doya bo‘lib ishlagan. Lizzining aytishicha, uning oilasi bo‘lmagan bo‘lsa-da, u ajoyib hayotni boshdan kechirgan.

Mavzuga oid
Top