14:15 / 13.11.2017
28369

14 noyabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 14 noyabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 6-8, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi,  ba'zi tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top