11:35 / 13.11.2017
12178

9 oy ichidagi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmi ma'lum 

Foto: O‘zA

2017 yilning yanvar-sentabrida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmatlar)larining umumiy hajmi 46 194,3 mlrd. so‘mni yoki 2016 yilning shu davriga nisbatan 103,5 foizni tashkil qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida aytildi.

Shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 45 982,3 mlrd. so‘mni (103,5 foiz), o‘rmon xo‘jaligida – 63,4 mlrd. so‘mni (101,4 foiz), baliqchilik xo‘jaligida – 148,6 mlrd. so‘mni (111,9 foiz) tashkil qildi. 

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmatlar)lari hajmining o‘sishi asosan dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohada ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining sezilarli darajada ortishi bilan bog‘liqdir. Xususan yuqori o‘sish sur'atlari Samarqand (106,1 foiz), Surxondaryo (106,0 foiz), Buxoro (105,8 foiz), Navoiy (105,6 foiz) viloyatlarida kuzatildi. Bunga qarama-qarshi ravishda Andijon (100,8 foiz) va Farg‘ona (101,5 foiz) viloyatlarida past o‘sish sur'atlari kuzatildi.

Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tarkibiy tuzilishida eng yuqori ulush dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri keladi (umumiy hajmga nisbatan 69,2 foiz).

Dehqonchilik. 2017 yilning yanvar-sentabrida ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 27 869,7 mlrd. so‘mni yoki 2016 yilning shu davriga nisbatan 102,0 foizni tashkil qildi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 61,5 foizni tashkil qildi. 

Hosilni yig‘ib olish. Hisobot davrida barcha toifadagi xo‘jaliklarda 7 380,5 ming tonna (2016 yilning yanvar-sentabriga nisbatan 99,6 foiz) don ekinlari ishlab chiqarildi, 2 357,4 ming tonna (103,9 foiz) kartoshka kovlab olindi, 8 695,2 ming tonna (105,8 foiz) sabzavotlar, 1 569,9 ming tonna (106,9 foiz) oziqbop poliz ekinlari, 2 146,0 ming tonna (105,3 foiz) mevalar va rezavorlar, 1 270,7 ming tonna (104,5 foiz) uzum yig‘ib olindi.

Chorvachilik. Kelgusida chorvachilik sohasining imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilishi hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan tizimli qo‘llab-quvvatlashlar natijasida qoramollar bosh sonining o‘sishiga, ichki iste'mol bozorlarining chorvachilik mahsulotlari bilan to‘yinishiga imkon yaratdi. 2017 yilning yanvar-sentabrida chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 17 452,4 mlrd. so‘mni yoki 2016 yilning shu davriga nisbatan 105,6 foizni (2016 yilning yanvar-sentabrida 106,8 foizni) tashkil qildi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 38,5 foizni tashkil etdi.

2017 yilning 1 oktabr holatiga yirik shoxli qoramollar bosh soni 536,8 ming boshga (4,6 foizga), shu jumladan sigirlar 95,8 ming boshga (2,2 foizga), qo‘y va echkilar 363,0 ming boshga (1,8 foizga), parrandalar 5 575,9 ming boshga (8,8 foizga) ko‘paydi.

Umumiy bosh songa nisbatan dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning ulushi 94,1 foizni, fermer xo‘jaliklarida – 4,8 foizni tashkil etdi, sigirlar mos ravishda – 94,5 va 4,6 foizni, qo‘ylar va echkilar – 85,0 va 8,3 foizni, parrandalar – 64,8 va 11,6 foizni tashkil qildi.

2017 yilning yanvar-sentabrida barcha toifadagi xo‘jaliklarda tirik vaznda 1 674,2 ming tonna go‘sht (2016 yilning yanvar-sentabriga nisbatan 6,2 foizga ko‘p), 7 327,9 ming tonna sut (6,2 foiz), 4 917,8 mln. dona tuxum (8,5 foiz), 30,1 ming tonna jun (1,3 foiz), 1 000,7 ming dona qorako‘l teri (2,4 foiz) ishlab chiqarildi.

Mavzuga oid
Top