Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bosimni kuchaytirish shart» - Yaponiya, AQSh va Avstraliya KXDR bo‘yicha kelishib oldi
Foto: Reuters
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe, AQSh prezidenti Donald Tramp va Avstraliya hukumati rahbari Malkolm Tyornbull KXDRga bosimni kuchaytirish zarur, deb hisoblamoqdalar. Bu ushbu davlat o‘zining raketa hamda yadro dasturini to‘xtatmayotgani tufayli zarur. Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, dushanba kuni uch davlat yetakchilari Maniladagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha tegishli kelishuvga erishishdi.
Ta'kidlanishicha, Abe KXDR muammosi yechimini “umumiy fundamental qadriyatlar va strategik manfaatlarga ega davlatlar oldida turgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifa” deb atadi. Tomonlar Pxenyanga nisbatan choralarni kuchaytirish maqsadida qalin hamkorlik qilishlarini ham tasdiqlashdi.
Shundan so‘ng Yaponiya bosh vaziri avstraliyalik hamkasbi bilan alohida uchrashuv o‘tkazib, uning davomida AQShning ishtirokisiz Trans-Tinch okeani hamkorligining yangi kelishuvi muhokama etilgan.
Mavzuga oid
13:02
Ukraina litiy qazib olish huquqlarini amerikalik investorlarga berdi
20:24 / 12.01.2026
Eron hukumati namoyishlarni to‘liq nazoratga olganini ma’lum qildi
15:21 / 12.01.2026
15 mingdan ortiq o‘zbekistonlik AQShga bordi - safarlar maqsadi bo‘yicha taqsimot
13:30 / 12.01.2026