Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi birinchi quruq yuk tashuvchi elektr kema suvga tushirildi
Foto: Reuters
Xitoyning Guanchjou portida rasman suvga tushirilgan, suv sig‘imi 2000 tonna bo‘lgan hamda yukni o‘zi tushiradigan elektr kema Marvarid daryosi bo‘ylab ko‘mir tashiydi. Bu haqda China Daily xabar bermoqda.
Guangzhou Shipyard International kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, nol emissiyali quruq yuk tashiydigan kemaning uzunligi 70 metrdan ortiq bo‘lib, og‘irligi 600 tonna keladi hamda u o‘zida 26 tonna keluvchi, sig‘imi 2400 kVt*s bo‘lgan akkumulyator va superkondensatorni olib yuradi. Kema ular orqali 80 kilometr yo‘lni bosib o‘tishi mumkin, quvvatlantirish uchun esa qariyb ikki soat vaqt talab etiladi, bu yuklash-yukni tushirish vaqtiga teng.
Olti kishidan iborat ekipaj boshqaruvchi quruq yuk tashiydigan kemaning maksimal tezligi soatiga 12,8 kilometrni tashkil etadi. Kelajakda bu texnologiyadan boshqa turdagi kemalarni qurishda ham foydalanish mumkin, deb yozmoqda RIA Novosti «Nanfan van» portaliga asosan.
Mavzuga oid
10:20 / 10.02.2026
AQSh Tinch okeanida narkosavdogarlarga tegishli deb aytilgan kemaga zarba berdi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026