Eronda 70 ming kishi boshpanasidan ayrildi
Eron va Iroq chegarasida yuz bergan kuchli zilzila tufayli taxminan 70 ming eronlik boshpanasiz qoldi. Bu haqda RIA «Novosti» Eron Qizil yarim oy jamiyatidagi manbaga asosan xabar bermoqda.
«Ayni damda qariyb 70 ming kishi mamlakatning g‘arbiy tumanlarida yuz bergan zilzila sabab vaqtinchalik boshpanaga ehtiyoji bor, biroq bu raqam yana ham ortishi mumkin», - deya xabar bergan manba.
Ta'kidlanishicha, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat Ichki ishlar vazirligiga yer silkinishidan jabr ko‘rgan tumanlar aholisiga barcha kerakli yordamni ko‘rsatish uchun tezkor choralar ko‘rish haqida topshiriq berdi.
Press TV tarqatgan xabarga ko‘ra, Eron va Iroq chegarasida ro‘y bergan zilzila oqibatida 129 kishi halok bo‘ldi. 1 mingdan ortiq inson jabrlangan.