Jahon | 09:50 / 13.11.2017
13544
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Filippin prezidenti Trampga qo‘shiq kuylab berdi

Foto: Hindustan Times‏

12 noyabrda Filippin poytaxti Manilada Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasiga (ASeAN) a'zo davlatlar yetakchilari AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Uchrashuvda Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Janubiy Xitoy dengizi bo‘yicha ziddiyatlar borligiga qaramasdan, yetakchilar bu masalani muhokama qilmasliklari kerakligini aytgan.

“Biz do‘st bo‘lishimiz kerak, biroq ba'zi “qaynoq boshlar” ko‘plab masalalar bo‘yicha bizni Xitoy va qolgan dunyo bilan to‘qnashtirib qo‘yishni istamoqda. Janubiy Xitoy dengiziga yaxshisi tegmaslik kerak, hech kim urushga borishga o‘ziga ijozat bermasligi lozim”, deb aytgan Duterte. 

Tramp bundan avval Vetnamga tashrifi vaqtida Janubi-Sharqiy Osiyoning 5 ta davlati hamda Xitoy o‘rtasida Janubiy Xitoy dengizidagi orollarga egalik qilish bahsida vositachilik qilishni taklif qilgandi.

Tarkibiga Xitoy, Rossiya, Yaponiya, Kanada, Janubiy Koreya, Hindiston, Avstraliya va Yangi Zelandiya kiruvchi ASeAN yetakchilari birgalikdagi kechki ovqatga tashrif buyurishgan. U yerda ularning ko‘ngillarini raqqoslar va qo‘shiqchilar chog‘ qilishgan. Ma'lum qilinishicha, tadbir davomida Duterte sahnaga chiqib, qo‘shiqchi Pilita Korrales bilan duyetda qo‘shiq ijro etgan. Duterte bu chiqishidan keyin Trampga xushomad qilib, bu qo‘shiqni “AQSh bosh qo‘mondoni”, ya'ni Tramp ko‘rsatmasi bilan” ijro etganini aytgan.   

Tramp Manilada 2 kun bo‘ladi va so‘ngra Osiyo bo‘ylab turnesini yakunlaydi. U bu turnesi davomida shuningdek Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Vetnamda bo‘ldi.

Mavzuga oid