22:37 / 13.11.2017
10104

Xakerlar yo‘lovchi samolyoti boshqaruvini o‘z qo‘llariga olishga muvaffaq bo‘lganlar

Foto: Flickr/enrique

“Boing-757” samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagiga olib chiqilayotganda uning boshqaruvi xakerlar tomondan qo‘lga kiritilgan.

Ushbu voqea 2016 yilda yuz bergan, biroq kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar bu haqda endigina ma'lum qilishga qaror qilishgan. Britaniyaning The Sun nashri ma'lum qilishicha, bir vaqtlar hukumatga ishlagan mutaxassislar uchish-qo‘nish polosasidan bir necha o‘n metr uzoqlikdan yo‘lovchi samolyoti boshqaruvini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lganlar. 

Ushbu hodisa haqida CyberSat kongressida IT-mutaxassis Robert Xiki ma'lum qilgan. Uning aytishicha, samolyot tizimiga kirish va buni amalga oshirish usulini topishga 2 kungina ketgan. Samolyot boshqaruvini qo‘lga kiritish uchun oddiy aloqa chastotalari qo‘llangan. 

Xikining aytishicha, qo‘l yuki sifatida osongina olib o‘tish mumkin bo‘lgan noutbuk va bir necha qurilma yordamida samolyot ustidan nazoratni qo‘lga kiritish mumkin. Chastota skanerlari va avionikda zaif joylarni aniqlash tizimi allaqachondan beri AQSh ichki xavfsizlik vazirligi tomondan yo‘lovchi samolyotlaridagi zaif joylarni aniqlash uchun qo‘llanadi. 

Top