Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro bank kartalari bo‘yicha aviachiptalar xarid qilish imkoni paydo bo‘ldi
Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi TIF MB bilan hamkorlikda aviachiptalarni aviakompaniyaning korporativ sayti orqali sotilishini ta'minlash bo‘yicha loyihaning navbatdagi bosqichini ishga tushirdi, unga ko‘ra aviachipta uchun to‘lovlarni xalqaro bank kartalari orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.
10 noyabrdan boshlab aviachipta uchun haqni VISA bank kartalari orqali to‘lash mumkin.
Keyingi bosqichda MasterCard, American Express plastik kartalari va boshqa turdagi kartalardan foydalanish imkonini beruvchi xalqaro to‘lov tizimini ulash ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va MBning bevosita ishtirokida, shuningdek, elektron kommersiyasini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi sabablarni bartaraf etish yuzasidan o‘tkazilgan chora-tadbirlar, interaktiv xizmatlarni joriy qilish uchun tegishli sharoitlarning yaratilishi ushbu loyihaning qisqa muddatlarda amalga oshirilishiga imkon beradi.
Interaktiv xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha tadbirlar majmuasini amalga oshirish «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK qatnovlariga aviachiptalarni dunyoning istalgan nuqtasida sotishga imkon yaratadi va O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirishga yordam beradi.
Mavzuga oid
00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
21:15 / 01.05.2025
Mahalliy aviareyslarda chiptalar oxirgi uch oyda 1,7 barobarga qimmatladi
18:12 / 28.03.2025
Prezident Uzbekistan Airways’ga chiptalar narxi oshishi oldini olish bo‘yicha topshiriq berdi
09:31 / 20.02.2025