Kosta-Rika va Yaponiya yaqinida zilzilalar qayd etildi
Kosta-Rika sohillari yaqinida 6,8 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda AQShning geologik xizmati ma'lum qilgan.
Zilzila markazi Parrita kantonidan janub tomon 16 km uzoqlikda qayd qilingan. Uning o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, sunami xavfi yo‘q. Qurbonlar va vayronalar haqida ma'lumot berilmagan.
Shuningdek, 13 noyabr ertalab Yaponiya sohillari yaqinida, Tinch okeanida 5,7 magnitudali zilzila qayd qilingan. Bu haqda Yaponiya meteoxizmati ma'lum qildi.
Meteoxizmat ma'lumotlariga ko‘ra, Xonsyu orolining shimolidagi bir qator prefekturalar va Xokkaydo oroli shimolida Yaponiyada zilzilalarni o‘lchash uchun qo‘llanuvchi 7 ballik tizim bo‘yicha 2 ballik zilzilalar qayd qilingan. Bunday kuchdagi zilzilalar deyarli sezilmaydi. Tsunami xavfi yo‘qligi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
12:40 / 15.11.2024
Navoiyda salkam 4 balli yer silkinishi sodir bo‘ldi
18:48 / 14.11.2024
Subaru kosmik teleskopi noyob halqasimon galaktikani aniqladi
21:18 / 13.11.2024
Yaponiyada seysmik yoriqlar tufayli yadroviy reaktorni qayta ishga tushirishga ruxsat berilmadi
11:53 / 13.11.2024