21:00 / 13.11.2017
33542

Medvedev ikkinchi marta ASeAN sammitidagi jamoaviy fotosuratni “buzdi”

10 noyabrdan boshlab Filippin poytaxti Manilada Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASeAN) sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Bu sammitda shuningdek Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev ham ishtirok etmoqda.

Foto: Andrew Harnik / AP / Scanpix / LETA

13 noyabrda ASeANga kiruvchi davlatlar rahbarlari an'anaviy jamoaviy suratga tushishdi. ASeAN an'anasiga ko‘ra, birdamlikni namoyish qilish maqsadida rahbarlar qo‘llarini chalishtirgancha bir-birlarini qo‘llarini ushlab, go‘yoki bir zanjirni hosil qilgandek suratga tushishadi. Biroq Medvedev buning uddasidan chiqolmay, qo‘llarini keng yoygancha suratga tushdi.

Foto: Mixail Klimentev / TASS

E'tiborlisi, 2010 yil oktabrda o‘tgan ASeAN — Rossiya sammitida o‘sha kezlarda prezident bo‘lgan Medvedev xuddi shunday tarzda qolganlardan “ajralib” suratga tushgandi.

Bunday “o‘zgachalikni” hattoki Vladimir Putin ham o‘ziga ijozat bermagandi. U ilk ASeAN–Rossiya sammitida hamma qatori qo‘llarini chalishtirgancha suratga tushgan.

Foto: Aleksey Panov / TASS / All Over Press / Vida Press

2016 yilda Sochida o‘tgan ASeAN-Rossiya sammitida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ASeAN bo‘yicha hamkasblari bilan birgalikdagi suratda bu vazifani uddalay olgandi. Biroq Putin ishtirokidagi fotosessiyada bunday surat olinmagan.

Top