Metro yo‘l haqi tushiriladimi? «O‘zbekiston temir yo‘llari» rasmiy xabar berdi

Foto: MyTashkent.uz
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ qator OAVda metrodagi yo‘l haqi 820 so‘mga qadar tushirilishi haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyatining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilgi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 29 sentabrdagi №330 sonli Qarori asosida, poytaxt aholisi va Toshkent mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida hamda shahar yo‘lovchi tashish transporti harakat tarkibining xarajatlarini qoplash maqsadida 2016 yil 1 oktabrdan oylik chiptalarning yangi ko‘rinishi joriy etildi.
«Yangi ko‘rinish» talqini ostida Toshkent metropolitenida qayta joriy etilgan oylik chiptalar nazarda tutilgan. Qarorga binoan har bir chipta oyiga 180ta safarga mo‘ljallangan bo‘lib, 23 foizli chegirmaga ega. Boshqa so‘z bilan aytganda, o‘tgan yili belgilangan yo‘l kira narxi, ya'ni 1200 so‘mning imtiyozi ushbu 23 foizidadir. Bundan kelib chiqib, oylik yo‘l chipta egalari har bir safari uchun 924 so‘m to‘lab kelmoqda. Shuningdek, joriy yilning 15 mart kunidan boshlab yana bir imtiyoz taqdim etildi, ya'ni pensiya yoshidagi yo‘lovchilar uchun metropolitendagi safar har kuni soat 10:00dan 16:00gacha bepul etib belgilangan.
Joriy yil 2 noyabr kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi Toshkent metropolitenining rivojlanishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda jurnalistlar o‘zlarini sohaga oid qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Lekin, Internetdagi yangiliklarning monitoringi shuni ko‘rsatyaptiki, ayrim ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan soha mutaxassislarining so‘zlarini noto‘g‘ri talqin etishayotgani kuzatilmoqda. Shu bilan birga yo‘lovchilarni asossiz ma'lumot bilan ishontirib qo‘yishmoqda. Narx siyosati shular jumlasidandir. Internetdagi ayrim axborot saytlari Toshkent metropolitenida yo‘l kira narxi 1200 so‘mdan 820 so‘mgacha tushirilishi kutilmoqda, deya xabar berishmoqda. Yuqorida ta'kidlab o‘tilgan Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan hamda quyida taqdim etilayogan, aynan o‘sha Xalqaro press-klub sessiyasining videosidan ko‘rinib turibdiki, ushbu duv-duv gaplar asossizdir», - deyiladi «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

22:20 / 13.06.2025
Andijonda temiryo‘l sisternasiga chiqqan erkakni tok urdi

21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin

21:16 / 26.07.2023
Jazirama issiq tufayli poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi

21:35 / 11.05.2022