11:40 / 13.11.2017
7487

Navoiy viloyatida o‘g‘rilik qilgan shaxslar qo‘lga olindi

Foto: KUN.UZ

Navoiy viloyatida Karmana tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan o‘g‘rilik qilgan shaxslar qo‘lga olindi.

Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

2017 yilning 8 noyabr kuni 1981 yilda tug‘ilgan, Uchquduq tumani X.Do‘stligi ko‘chasi 29-uyda yashovchi, R.N. ariza bilan murojaat qilib, 2017 yilning 8 noyabr kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar unga tegishli bo‘lgan Karmana tumani Varq-2 massivi 24-uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadonidan jami 6.510.000 so‘mlik bir dona “ARTEL” rusumli gaz pilitasini, bir dona “VeKO” rusumli konditsionerini, bir dona “SAMSUNG” rusumli changyutgichini, bir dona gilamini hamda  g‘altaklarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar R.A. va A.A.larga nisbatan Karmana tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

 

Mavzuga oid
Top