10:00 / 13.11.2017
13713

Rossiya Tojikistonga 40 ta harbiy samolyot va vertolyotini jo‘natdi

Rossiya mamlakat markaziy harbiy okrugining taxminan 40 ta samolyoti va vertolyotini Tojikistonga, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti tezkor javob qaytarish kollektiv kuchlarining terrorchilikka qarshi mashqlariga yo‘lladi. Bu haqda RF markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining yordamchisi polkovnik Yaroslav Roshchupkin xabar berdi.

"Markaziy harbiy okrugning taxminan 40 ta samolyot va vertolyoti Rossiyadan Tojikistondagi uchta tezkor aerodromga yo‘llandi, ular terrorchilikka qarshi qo‘shma mashqlarda ishtirok etadi. Shuningdek, mashg‘ulotlarda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining tezkor javob qaytarish kollektiv kuchlari ham qatnashadi", - deya aytib o‘tdi u.

Roshchupkinning so‘zlariga ko‘ra, oltita Su-24M bombardimonchisi Janubiy Uraldagi Shagol aerodromidan havoga ko‘tarilgan bo‘lsa, 6 ta Su-25SM hujumchi samolyoti – Rossiyaning Qirg‘izistondagi Kant aviabazasidan uchgan. Mi-8AMTSh "Terminator" hamda Mi-24 vertolyotlari Dushanbega Novosibirskdagi Tolmachyovo aviabazasidan olib kelindi.

Top