Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Iroqqa yordam jo‘natdi
Foto: Anadolu
Turkiyalik qutqaruvchilar jamoasi va gumanitar yuklar bilan uchgan samolyoti Iroqning Sulaymoniya shahriga qo‘ndi. Bu guruh Iroqda zilzila oqibatlariga qarshi kurashda yordam ko‘rsatadi.
Anadolu agentligi xabariga ko‘ra, Iroqqa 25 nafar qutqaruvchi, ikki avtomobil, 60ta palatka va 320 yopinchiq olib kelingan. Qayd etilishicha, Turkiya Iroq hukumati bilan zilzila oqibatlarini bartaraf etishda muvofiqlikda harakat qiladi.
12 noyabr kuni kechqurun Eron va Iroq chegarasi yaqinida kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 332 nafarni tashkil qilmoqda, shuningdek, 2,5 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.
Asosiy talofatlar Eronda kuzatilgan. Bu tabiiy ofat oqibatida jami 70 mingdan ortiq kishi boshpanasiz qolgan.
Bundan oldinroq Turkiya Eronga emas, Iroqqa yordam berishi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:55
AQSh o‘z fuqarolarini Eronni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
12:04
Erondagi hozirgi namoyishlar oldingilaridan qanday farq qiladi?
09:53
Eron TIV namoyishlar haqidagi bayonotlar sabab yevropalik elchilarni chaqirtirdi
09:00