O‘zbekistonda benzin narxi yana oshishi mumkin
O‘zbekiston bo‘ylab neft mahsulotlari, xususan benzin narxi oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz'ning bir nechta manbasi xabar bergan.
Manbalarning aytishicha, iste'moldagi benzin bahosi ayni paytdagidan 30-35 foizga qimmatlashi mumkin. Shuningdek, dizel yoqilg‘isi narxi ham oshishi kutilmoqda. Benzin narxida mos ravishda o‘zgarish yuz bersa, uning bahosi AI-80 turining 1 litri uchun 3800 so‘m (hozirda 2800 so‘m) etib belgilanishi mumkin.
Bunday o‘zgarishga sentabr oyida o‘tkazilgan erkin valyuta ayirboshlash amaliyotiga o‘tish sabab bo‘lishi mumkin. Negaki, transport-logistika uchun sarflanayotgan aksariyat neft va neft mahsulotlari O‘zbekistonga import qilinardi.
Endilikda xorijiy valyuta kursining barqaror narxga o‘zgarishi, neft mahsulotlariga nisbatan taqdim etilgan konvertatsiya imtiyozi samarasiz bo‘lishini anglatadi. Shu bilan neft va neft mahsulotlari importida ham narx o‘zgarishi yuz berishi tayin bo‘lgan. Masalaga oydinlik kiritish faqat vaqt va qarorni imzolashda qolgan, xolos.
Eslatib o‘tamiz, benzin narxi oxirgi marta bir yil muqaddam o‘zgargandi. 2016 yilning 23 oktabrida O‘zbekistonda benzin narxi o‘rtacha uchdan biriga, 2075 so‘mdan 2800 so‘mga ko‘tarilgandi.
Mavzuga oid
15:57 / 21.12.2024
O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamayishda davom etyapti
07:35 / 16.12.2024
Birjaga chiqarilayotgan benzin hajmi to‘rt barobar oshirildi
09:35 / 10.12.2024
Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi ikki barobar oshiriladi
15:18 / 20.11.2024