16:50 / 14.11.2017
42466

Xitoyda dunyodagi eng katta kutubxona ochildi (video+suratlar)

Foto: MVRDV

Xitoyda dunyodagi eng katta kutubxona ochilmoqda, u 1,2 milliontagacha kitobni o‘ziga sig‘dira oladi. Boredpanda shu haqidagi xabar, video va suratlar bilan bo‘lishdi

Kutubxona betakror intererga ega bo‘lib, u yerda shaffof muhit hukmron - uning tuzilmasi shundayki, yuqorida yoki pastda kim nima qilayotganini ko‘rish mumkin. Bino o‘rtasida esa ulkan sferik shar mavjud bo‘lib, u katta ko‘zdek tasavvur uyg‘otadi. 

Besh qavatli kutubxona Niderlandiyaning MVRDV dizaynerlik firmasi bilan hamkorlikda Tyantszindagi Shaharsozlik instituti tomonidan loyihalashtirilgan.

Foto: MVRDV
Foto: MVRDV
Foto: MVRDV

Yangi bino Tyantszinning Binxay madaniy dahasida joylashgan va shu bois "Binxay ko‘zi" nomini olgan. Kutubxona maydoni - 34 ming kvadrat kilometr, u yerga 1,2 milliontagacha kitobni sig‘dirish mumkin.

Foto: MVRDV
Foto: MVRDV
Foto: MVRDV

Kutubxonada mutolaa xonasi, mehmonlar uchun zal, uchrashuvlar uchun xonalar, kompyuter va audio-xonalar  bor. 

Foto: MVRDV
Foto: MVRDV
Foto: MVRDV
Foto: MVRDV
Foto: MVRDV

Top