12:25 / 14.11.2017
6448

Erdo‘g‘an Kuvaytga keldi

Foto: Anadolu

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 14 noyabr kuni Kuvaytga keldi. Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda.

Turkiya yetakchisi Kuvayt xalqaro aeroportida mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari va TIV rahbari shayx Sabox Al-Xolid al-Sabox, Turkiyadagi elchi Hasan Az-Zavavi, Turkiyaning Kuvaytdagi elchisi Oysha Hilol Sayon Ko‘ytak va boshqalar tomonidan kutib olindi.

Erdo‘g‘anga Kuvayt tashrifi davomida rafiqasi Amina Erdo‘g‘an, Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari Xulusi Akar, adliya vaziri Abdulhamid Gul, TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li, iqtisodiyot vaziri Nihot Zaybekchi, energetika va tabiiy resurslar vaziri Usmon Oshkin Bak, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik vaziri Ahmad Ashraf Foqibobo, madaniyat va turizm vaziri No‘'mon Qurtulmush, o‘rmon xo‘jaligi va suv resurslari vaziri Veysel Ero‘g‘li hamda transport, kemasozlik va kommunikatsiyalar vaziri Ahmad Arslon hamrohlik qilmoqda.

 

Top