18:40 / 14.11.2017
20443

Farg‘onaning barcha maftunkorligi qisqa rolikda jam bo‘ldi

8ta tilda ma'lumot tarqatuvchi Uzbekistan Travel sayyohlik portali Farg‘ona viloyatining maftunkor jihatlarini bitta video rolikda jamladi. Ehson Usmonov rejissyorligida tasvirga olingan lavha vodiy qadriyatlaridan - askiya bilan boshlanadi.

Unda Rishtondagi kulolchilik markazi, Marg‘ilon atlas va adraslari, Qo‘qon madaniyati va tarixi qisqacha ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, viloyatda keng tarqalgan ipakchilik, kasanachilik hunarmandlarining ishi aks ettirilgan. O‘z o‘rnida Farg‘onaning unumdor yerlarida pishib yetilgan mevalar ko‘z-ko‘z qilingan.

Ma'lumot uchun, ayni kunlarda Farg‘ona viloyatida 30 noyabrga qadar davom etadigan "Asal bayrami" nishonlanmoqda.

Mavzuga oid
Top