Xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha litsenziya berish amaliyoti bekor qilindi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2017 yil 2 sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunning 17-moddasiga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvining tegishli qarorlari bilan mamlakatdagi barcha tijorat banklarining chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalarining amal qilishi tugatildi va bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalari qayta rasmiylashtirib berildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar qilmoqda.
Bundan oldin Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga “Tijorat banklariga chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar berish qoidalari”ga muvofiq Bosh litsenziya, “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan milliy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilar edi.
“Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon talablariga muvofiq tijorat banklariga xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha litsenziya berish amaliyoti bekor qilindi. Tijorat banklarining xorijiy valyuta bilan operatsiyalari bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya asosida amalga oshirilishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil askarlari G‘azoda yordam olishga yig‘ilganlarga qarata o‘t ochdi
Jahon | 11:42
-
YouTube monetizatsiyasi o‘zbekistonliklar daromadini yiliga 50 mln dollarga oshirishi mumkin. Bunga nima xalal beryapti?
Iqtisodiyot | 11:37
-
Toshkentda Amir Temur xiyoboni bo‘ylab otlar paradi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 11:14
-
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi
Sport | 10:48
Mavzuga oid

22:31 / 28.04.2025
BRICS yangi valuta yaratishni rejalashtirmayapti

21:06 / 19.04.2025
Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?

10:11 / 20.03.2025
DXX 1,2 mln dollarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi

08:46 / 27.02.2025