12:50 / 14.11.2017
23162

Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta'lim vaziri tayinlandi

Foto: Kruz.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta'lim vaziri lavozimiga Jumagul Usnatdinova tayinlandi. Bu haqda Kruz.uz xabar berdi.

J.Usnatdinova bunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan, biroz muddat vazir vazifasini vaqtincha bajaruvchisi lavozimida ham faoliyat yuritgan.

Jumagul Sharapovna mehnat faoliyati davomida Xo‘jayli tumanidagi maktabda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida turli lavozimlarda hamda Nukus maishiy xizmat ko‘rsatish va iqtisodiyot kollejida direktor lavozimlarida ishlagan.

Top