10:45 / 14.11.2017
6560

“Ko‘kterak”da bosqinchi qo‘lga tushdi

Foto: Fotolia

Toshkent viloyatining Toshkent tumani “Ko‘kterak” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonlarning biriga yuziga niqob kiygan noma'lum shaxs bostirib kirdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

Shu vaqtda uyda yolg‘iz bo‘lgan xonadon egasining qizini pichoq bilan qo‘rqitib, 300 AQSh dollari va ikki xil zargarlik buyumlarini olib ketadi. 

Olib borilgan tezkor tadbir natijasida, ushbu bosqinchilik jinoyatini sodir etgan 1994 yilda tug‘ilgan A.N. qo‘lga olindi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Top