11:35 / 14.11.2017
8016

Pentagon rahbari Suriya haqida: “BMT bizga ruxsat berdi”

Foto: AP

Pentagon rahbari Jyeyms Mettisning fikricha, BMT AQShga Suriya hududiga kirishga ruxsat bergan, sababi IShID terrorchilik guruhiga qarshi rezolyutsiyani qabul qilgan.

"BMT, umuman olganda, biz IShIDni ovlashimiz mumkinligini ma'lum qildi", - deya aytib o‘tgan Mettis jurnalistlarning AQShning Suriyada bo‘lishi uchun qanday yuridik asosi bor ekani haqidagi savoliga javob qaytarib.

"Biz u yerda IShIDni yo‘q qilish uchun qolmoqdamiz. Bu biz shunchaki ketishimiz, u yerda esa IShID 2.0 paydo bo‘lishi, biz esa hayron bo‘lgandek o‘zimizni tutishimizni anglatmaydi. Shuning uchun bizga Jyenevada BMT shafeligida sa'y-harakatlar lozim, bu olg‘a siljishga kerak", - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Mettis.

BMT Xavfsizlik Kengashi AQShga Suriyadagi harbiy amaliyotlar uchun ruxsat bermagan.

Suriya hukumati AQShning mamlakatda qolishi noqonuniy ekanini iddao etmoqda, sababi u davlat hukumatining ruxsatisiz ro‘y bermoqda. 

Top